O‘zbekiston bu yil ham "erkin bo‘lmagan" davlatlar ro‘yxatida – Freedom House

Facebook Twitter LinkedIn
O‘zbekiston bu yil ham

Freedom House tashkiloti 26 fevral kuni "Dunyo erkinligi – 2025" hisobotini e’lon qildi. Hisobot dunyo davlatlaridagi erkinlik indeksini o‘lchashga qaratilgan. Unda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston ham qamrab olingan.

O‘zbekistonda vaziyat qanday?

Hisobotga muvofiq, O‘zbekistondagi erkinlik ko‘rsatkichi 100 balldan 12 ballni, siyosiy erkinlik ko‘rsatkichi 40 balldan 2 ballni, internet erkinligi ko‘rsatkichi 100 balldan 27 ballni, fuqaroviy erkinliklar ko‘rsatkichi 60 balldan 10 ballni tashkil etgan.

Ayni ko‘rsatkichlar mamlakatning "erkin bo‘lmagan" davlatlar qatoriga kirishiga asos bo‘lgan.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yilda prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri amalga oshirilgan islohotlar ayrim jabhalarda ijobiy o‘zgarishlar yasagan esa-da, O‘zbekiston hanuz kichik demokratiklashuv alomatlariga ega avtoritar davlat bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda qonuniy faoliyat olib boryotgan hech bir muxolifat partiyasi yo‘q. Qonunchilik va sud hokimiyati amalda buyruqlar vositasida ishlaydigan ijro hokimiyatining quroli o‘laroq xizmat qilyapti. Ommaviy axborot vositalari esa avvalgidek rasmiylar tomonidan qattiq nazorat ostida", deyiladi hisobotda.

Global erkinlik darajasi pasaymoqda

Hisobotida aytilishicha, siyosiy huquqlar va fuqarolik erkinliklari "2024 yilda butun dunyo bo‘ylab ketma-ket 19 yil ham pasaygan".

"Vaziyat yomonlashgan. Huquq va erkinliklarning cheklanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillarga zo‘ravonlik hamda saylovlar paytida siyosiy raqiblarga bo‘lgan bosimlar, xususan, davom etayotgan qurolli mojarolar va avtoritar amaliyotlarning tarqalishi kiradi", deyiladi Freedom House hisobotida.

Freedom House hisobotida dunyo aholisining 40 foizi "erkin bo‘lmagan" mamlakatlarda, yana 40 foizi "qisman erkin bo‘lgan" mamlakatlarda, faqat 20 foizigina "erkin" mamlakatlarda yashayotgani aytiladi.

Hisobotda Markaziy Osiyo bilan bog‘liq biron ijobiy mujda keltirilmagan. Mintaqadagi davlatlarning hech birida 2024 yilda erkinlik ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘sish kuzatilmagan.

Shu bilan birga, Freedom House Ozarbayjon, Tojikiston va Turkmanistonni fuqarolik huquqlari "eng ko‘p toptaladigan" davlatlar sifatida topgan.

Tashkilotga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya erkinlik borasidagi eng katta pasayishni boshdan kechirgan.

2024 yilda "hukumati g‘arb qadriyatlarini rad etgan va avtoritar amaliyotlarni qabul qilgan" Gruziya Freedom House hisobotida eng katta pasayish qayd etilgan davlatlar qatoriga kiritilgan.

Gruziya reytingining tushib ketishiga asosiy omil sifatida o‘tgan oktabrdagi parlament saylovlari keltirilgan. Gruzida rasmiylari saylov natijalarini buzib ko‘rsatish uchun manipulyatsiya va firibgarlikdan foydalangani aytiladi.

Jahondagi eng erkin mamlakat Finlyandiya bo‘lib chiqqan: bu mamlakat 100 ballga ega bo‘lgan. Norvegiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya 99 ball bilan ikkinchi o‘ringa chiqqan.

admin

admin

Content creator at LTD News. Passionate about delivering high-quality news and stories.

Comments

Leave a Comment

Be the first to comment on this article!
Loading...

Loading next article...

You've read all our articles!

Error loading more articles

loader